O‘zbekistonga noqonuniy olib o‘tilayotgan 90 mln so‘mlik braslet to‘xtatib qolindi
Toshkent xalqaro aeroporti chegara-bojxona postida O‘zbekistonga 90 mln so‘mlik braslet noqonuniy tarzda olib kirilayotgani aniqlandi.
Toshkent xalqaro aeroporti chegara-bojxona postida noqonuniy olib o‘tilayotgan 90 million so‘mlik braslet va 120 million so‘mlik zargarlik buyumlari to‘xtatib qolindi. Bu haqda “Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2024-yilning 26-iyul kuni soat 19:30 larda bojxona xodimlari Istanbul—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha uchib kelgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosini shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazgan. Unda fuqaroning qo‘liga taqilgan, bojxona nazoratiga belgilangan tartibda taqdim etilmagan, og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan, olib kirish me’yoridan ortiq bo‘lgan, qiymati 119 million 391 ming so‘mlik 61 gramm zargarlik buyumlari borligi aniqlangan.
Shuningdek, 29-iyul kuni Toshkent xalqaro aeroporti chegara-bojxona posti xodimlari Dubay—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha uchib kelgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosiga tegishli bir dona sariq rangli qo‘l sumkasini tekshirganda bojxona nazoratiga belgilangan tartibda taqdim etilmagan, og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan, olib kirish me’yoridan ortiq bo‘lgan qiymati 90 million so‘mlik jami 1 dona oq rangli metalldan yasalgan 750 probali braslet borligi aniqlangan.
Hozirda har uchala holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda, deydi “Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi axborot xizmati xodimi Go‘zaloy Abdullayeva.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkent xalqaro aeroportining uchib kelish zali rekonstruksiya qilinmoqda Pekindan qaytgan yo‘lovchi 145 mln so‘mlik soatni yashirincha olib o‘tishga urindi Toshkentdan Nyu-Yorkka uchgan samolyot favqulodda ortga qaytdi Xalqaro aeroportda shampun ichiga yashirilgan dori vositalari aniqlandi Oʻzbekistonga pnevmatik qurol olib oʻtayotgan shaxs ushlandi