O‘zbekistondan yarim yilda qancha fuqaro xorijga ishga yuborilgani ma’lum qilindi
O‘zbekistondan o‘tgan 6 oyda xorijda ishlash istagida bo‘lgan qancha fuqaro chet davlatlarga yuborilgani ma’lum qilindi.
O‘zbekistondan o‘tgan 6 oyda xorijda ishlash istagida bo‘lgan 64 ming nafar shaxs chet davlatlarga qonuniy, xavfsiz hamda uyushgan holda ishga yuborilgani ma’lum qilindi.
Xabar berilishicha, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3 baravarga ko‘p. Joriy yilning o‘tgan davrida xorijga vaqtincha ishga yuborish bo‘yicha ham salmoqli ishlar qilingani, mamlakatlar geografiyasi rivojlangan davlatlar hisobiga kengaygani ta’kidlandi.
Joriy yilning II yarim yilligida 90 ming nafar shaxsni Janubiy Koreya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Ruminiya, Bolgariya, Vengriya, kabi rivojlangan davlatlarda ishga joylashtirish rejalashtirilgan.
Bularning barchasi “Xorijga ish — mahalladan” tamoyili asosida yo‘lga qo‘yiladi.
Shuningdek, yil oxirigacha 115 ming ishsiz aholi kasb-hunar, tadbirkorlik ko‘nikmalari va xorijiy tillarga o‘qitiladi.
Мавзуга оид хабарлар:
Germaniyadagi Eronning barcha bosh konsulxonalari yopilmoqda Farg‘onada fuqaroni Janubiy Koreyaga ishga yuborishni vaʼda qilgan shaxs ushlandi Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi oʻrtasidagi hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari belgilab berildi Alisher Usmonov ARD telekanaliga qarshi sudda yutib chiqdi Germaniya kansleri O‘zbekistonga kelishi kutilmoqda