O‘zbekistondagi qariyb 400 nafar davlat xizmatchisi bir vaqtda tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi aniqlandi
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi qariyb 400 nafar davlat xizmatchisi bir vaqtda tadbirkorlik bilan shug‘ullanganini aniqladi.
O‘zbekistondagi 3 ta vazirlikning 398 nafar boshqaruv xodimi tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi aniqlandi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xabar qildi.
Xususan, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi, Suv xo‘jaligi hamda Qishloq xo‘jaligi vazirliklari va ularning tizim tashkilotlari o‘rganilganda ularda faoliyat yuritayotgan 398 nafar boshqaruv xodimi 449 ta tadbirkorlik subyektida ta’sischilik asosida faoliyat yuritib kelayotganligi aniqlandi.
Jumladan, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 93 nafar boshqaruv xodimi 112 ta tadbirkorlik subyektida, Suv xo‘jaligi vazirligining 26 nafar boshqaruv xodimi 35 ta tadbirkorlik subyektida hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligining 279 nafar boshqaruv xodimi 302 ta tadbirkorlik subyektida ta’sischilik asosida faoliyat yuritib kelgan.
Yuqoridagi holatlarini bartaraf etish bo‘yicha mazkur vazirliklarga agentlik tomonidan tegishli taqdimnomalar kiritilib, qayd etilgan qonun buzilishi holatlariga chek qo‘yildi, deyiladi xabarda.
Мавзуга оид хабарлар:
Vazirlik va idoralarning rahbar o‘rinbosarlari soni qisqartirildi Tadbirkordan ortiqcha hujjat soʻragan davlat organlari javobgarlikka tortiladi Vazirliklarning 160 xodimi tadbirkorlik qilayotgani aniqlandi Tuman hokimlari oʻz hududlarida mahsulot koʻpaytirishga hisobdor boʻladi