O‘zbekistonda “Yil imomi-2024” g‘olibi e’lon qilindi
Ishtirokchilar Qur’oni karim qiroati, tafsiri, aqida, fiqh, islom tarixi va hadis ilmlari bo‘yicha o‘zaro bellashdi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi “Yil imomi-2024” tanlovi g‘oliblarini e’lon qildi.
Idora matbuot xizmatiga ko‘ra, 13-noyabr kuni Respublika masjidlarida faoliyat yuritayotgan imom-xatib va noiblar ishtirokida “Yil imomi-2024” ko‘rik-tanlovining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 14 nafar imom domla o‘zaro bellashdi.
Musobaqa ishtirokchilari Qur’oni karim qiroati va tafsiri, aqida, fiqh, Islom tarixi, hadis ilmlari, allomalar ijodiga oid savollarga javob berdi. Shuningdek, mehnat faoliyatlari davomida amalga oshirgan salmoqli ishlari va OAVlarida e’lon qilingan ijodini namoyish etdi. Qatnashchilarning chiqishlari hakamlar hay’ati tomonidan mezonlar asosida baholandi.
Tanlov natijalariga ko‘ra, quyidagi ishtirokchilar sovrinli o‘rinlarga munosib deb topildi:
- – Namangan viloyati “Homiddin qori” jome masjidi imom-xatibi Muhammad Bobir Nasriddinovga I darajali diplom va Haj safari yo‘llanmasi;
- – Toshkent shahridagi “Firdavs” jome masjidi imom-xatibi Baxtiyor Sattorovga II darajali diplom va 16 million so‘m pul mukofoti;
- – Toshkent viloyati “Chanoq” jome masjidi imom-xatibi Yoqub Buxarbayevga III darajali diplom va 13 million so‘m pul mukofoti topshirildi.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkentga to‘rtta yangi kirish darvozasi quriladi