15 Noyabr 2024, 10:50 •Oʻzbekiston
Farg‘onada 2,6 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan ohak sexi aniqlandi
Hozirgi kunda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Farg‘ona shahrida 2,6 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan ohak sexi fosh etildi, deb xabar berdi Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Maʼlum qilinishicha, fuqaro N.I. va boshqalar “T.B.” MChJ binosini MChJ rahbari bilan og‘zaki kelishuvga asosan ijaraga olib, tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan ohak ishlab chiqarish sexi tashkil etgan.
Umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanib, 1 mln kub metr tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan. Natijada davlat va jamiyat manfaatlariga 2,6 mlrd so‘m zarar yetkazilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Farg‘onada sifati kafolatlanmagan dorilar savdosiga chek qo‘yildi O‘zbekistonda 2024-yili 600 mlrd so‘mlik energiya resurslari talon-toroj qilingan Farg‘onada rossiyaliklardan pul undirib kelgan jinoiy guruh fosh etildi Farg‘onada 483 mln so‘mlik noqonuniy zargarlik buyumlari ushlab qolindi Andijondagi ohak sexida 5,3 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanildi
Soʻnggi yangiliklar

Toshkentda Gentra haydovchisi odamlarni bosib ketishga urindi
7 Fevral 2025, 10:46
2024-yilda isteʻmolchilarga 1 trln soʻm “keshbek” toʻlab berildi
7 Fevral 2025, 10:15
Jizzaxda tadbirkor 1,3 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
7 Fevral 2025, 09:40
O‘zbekiston bir yilda qancha elektromobil import qilgani ochiqlandi
7 Fevral 2025, 08:56
Poytaxtning ikki tumanida elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi
7 Fevral 2025, 08:20
“Oʻzgidromet” bugun qanday ob-havo kuzatilishini maʻlum qildi
7 Fevral 2025, 07:33
Toshkent shahrida 1 sotix yer necha pul?
6 Fevral 2025, 19:28
“O‘zgidromet”: Yanvar eng sovuq oy sifatidagi nomini oqlamadi
6 Fevral 2025, 18:48