O‘zbekistonda vokzal va bekatlar nomi o‘zgartiriladi
Nomlar davlat tili qoidalariga muvofiqlashtiriladi.

Vokzal, stansiya va razyezdlarning nomlari davlat tili qoidalari va me’yorlariga muvofiqlashtiriladi, deyiladi hukumat qarorida.
Transport vazirligi va “O‘zbekiston temir yo‘llari” uch oy muddatda temir yo‘l vokzallari, stansiyalari va razyezdlarida lotin yozuviga asoslangan davlat tili qoidalari va me’yorlariga muvofiq yozuvlar va axborot ko‘rsatkichlari yozilishini ta’minlaydi. Shu munosabat bilan tegishli hujjatlar va ma’lumotlar bazalariga o‘zgartirishlar kiritiladi.
Hujjat bilan davlat tili talablariga moslashtiriladigan vokzallar, stansiyalar va razyezdlar ro‘yxati tasdiqlandi. Unga Qoraqalpog‘iston, O‘zbekiston viloyatlari va Toshkent shahrida joylashgan 320 ta obyekt kiritilgan.
Eslatib o‘tamiz, Shimoliy vokzal yaqinidagi yerosti o‘tish joyi savdo va xizmat ko‘rsatish hududiga aylantiriladi. Rasmiylar u yerda ko‘proq aholini jalb qila oladigan loyihalarni joriy etishni rejalashtirmoqda.
Izohlar