O‘zbekiston

O‘zbekistonda turizm sohasidagi pensionerlar uchun chegirmalar joriy etiladi

Taklif 60 yoshdan oshgan erkaklar va 55 yoshdan oshgan ayollar uchun bir oy davomida amal qiladi.

Фото: ситуативное

1-noyabrdan 30-noyabrgacha O‘zbekistonda keksalar uchun turizm sohasidagi xizmatlar: transport, joylashtirish va madaniy meros obyektlariga tashrif buyurish uchun chegirmalar joriy etiladi, deb xabar bermoqda Turizm qo‘mitasi axborot xizmati.

Xususan, respublika bo‘yicha hududlarda faoliyat yuritayotgan joylashtirish vositalari xizmatlariga 20 foizgacha chegirmalar joriy etildi. Uzbekistan Airways 60 yoshdan oshgan erkaklar va 55 yoshdan oshgan ayollar uchun barcha ekonom-klass chiptalariga 15% gacha chegirma taqdim etadi. Taklif aviakompaniyaning mahalliy reyslarida noyabr oyining oxirigacha amal qiladi.

Bundan tashqari, ushbu toifadagi fuqarolar uchun

  • “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ barcha ichki yo‘nalishlardagi (Afrosiyob tezyurar elektropoyezdlaridan tashqari) poyezdlar uchun tarif qismidan 20% chegirma e’lon qiladi;
  • Madaniy meros agentligi tasarrufidagi davlat muzeylari va madaniy meros obyektlariga kirish chiptalariga 10 foizgacha chegirmalar joriy etildi;
  • “Vaqf” xayriya jamoat fondi tasarrufidagi ziyoratgohlarga tashrif buyurish uchun 20 foizgacha chegirmalar joriy etildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda pensionerlar ta’minoti xususiy qo‘llarga berilishi mumkin. Shuningdek, rasmiylar sohadagi xizmatlarni to‘liq raqamlashtirishni taklif qilgandi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная