O‘zbekiston

O‘zbekistonda tranzit uchun ayrim ruxsatnomalar berish jarayoni tezlashtirildi

Shu bilan birga, rasmiylar berilgan ruxsatnomaning amal qilish muddatini 90 kungacha uzaytirdi.

O‘zbekistonda maxsus yuklar va harbiy tuzilmalarning mamlakat hududi orqali tranziti uchun ruxsatnoma berish jarayoni soddalashtirildi, deb yozadi Norma.

Ma’lumotlarga ko‘ra, endilikda ushbu jarayon 20 kun ichida amalga oshiriladi, ilgari ruxsatnoma berish uchun bir oyga yaqin vaqt talab qilinardi. Qayd etilishicha, mutaxassislarga qo‘shimcha tekshiruv va hujjatlar talab etilsa, berish muddati yana 10 kunga uzaytirilishi mumkin. Shu bilan birga, rasmiylar tranzit uchun berilgan ruxsatnomaning amal qilish muddatini hozirgi 30 kundan 90 kungacha uzaytirdi.

Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston va Qozog‘iston temir yo‘llar qurilishi bo‘yicha 2025-yilga mo‘ljallangan ish rejasini tasdiqladi, shuningdek, muzokaralar chog‘ida tomonlar transport hamkorligini rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar va o‘tgan yilgi hamkorlikdagi ishlarni sarhisob qildilar. Ikki mamlakat vakillari Transafg‘on transport yo‘lagini rivojlantirish istiqbollariga alohida e’tibor qaratib, transport-logistika sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная