28 Avgust 2024, 13:35 •Oʻzbekiston
O‘zbekistonda Milliy investitsiya jamg‘armasi tashkil etiladi
“O‘zbekiston Respublikasi milliy investitsiya jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Prezident qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi milliy investitsiya jamg‘armasi tashkil etiladi.
Quyidagilar jamg‘armaning asosiy vazifalari etib belgilandi:
- jamg‘arma sof aktivlarining bozor qiymatini oshirish;
- jamg‘arma aksiyalarini yetakchi xorijiy fond birjasida joylashtirish;
- jamg‘arma aktivlariga investitsiyalarni jalb qilish hamda ularni xususiylashtirish jarayonlarida ishtirok etish
- uchun yetakchi xalqaro institutsional investorlarni jalb qilish;
- jamg‘arma investitsiya aktivlarida Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti korporativ boshqaruv standartlarini joriy etish, xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga o‘tish, ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv (ESG) standartlarini joriy etishda ishtirok etish.
Jamg‘arma ustav kapitalini shakllantirish uchun davlat ulushi o‘tkaziladigan korxona va tijorat banklarining ro‘yxati tasdiqlandi.
Jamg‘arma aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etiladi va aksiyalari ommaviy joylashtirilgunga qadar uning yagona aksiyadori Iqtisodiyot va moliya vazirligi hisoblanadi.
Jamg‘armaning 2030 yilgacha investitsiya aktivlari sof foydasining kamida 50 foizi tegishli yil yakunlariga ko‘ra dividendlar to‘lashga yo‘naltiriladi.
Мавзуга оид хабарлар:
Fan olimpiadalari g‘oliblari olgan mukofotlari daromad solig‘idan ozod etiladi Kambag‘al oilalar farzandlari davlat bog‘chalariga imtiyozli asosda qabul qilinadi “Toshkent–Samarqand” va “Toshkent–Andijon” pulli yoʻllari qurilishi sanasi belgilandi IIOda maxsus unvon uchun xizmat o‘tash muddatlari o‘zgardi O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslarga qulay va to‘siqlarsiz muhit yaratiladi
Soʻnggi yangiliklar
Propan narxi keskin oshib ketgani yuzasidan mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborildi
23 Noyabr 2024, 19:24Nodavlat bog‘chalar va maktablar barcha turdagi soliq va yig‘imlardan ozod qilinadi
23 Noyabr 2024, 18:44Dubayda qiyin ahvolda qolgan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi
23 Noyabr 2024, 18:00Qirg‘izistonda 2025-yil iyuldan elektron sigaretlar taqiqlanadi
23 Noyabr 2024, 17:12Raqamli dalillar bilan ishlash tizimi takomillashtiriladi
23 Noyabr 2024, 16:21Fransiyada 7 million yevrolik zargarlik buyumlari o‘g‘irlab ketildi
23 Noyabr 2024, 15:17Toshkentda pirotexnika buyumlarini sotayotgan shaxslar ushlandi
23 Noyabr 2024, 14:30Toshkent aeroportida eshitish qobiliyati cheklangan shaxslar ish boshladi
23 Noyabr 2024, 13:22