O‘zbekiston

O‘zbekistonda “maosh qulligi” tizimi bekor qilinadi — asosiylar

Markaziy bankka maxsus mexanizm ishlab chiqish topshirildi.

O‘zbekistonda “maosh qulligi”ni bekor qilish va ishchilarga maosh olish uchun bankni o‘zlari tanlashiga ruxsat berishmoqchi, deyiladi prezident qarorida.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yil dekabr oyiga qadar Markaziy bank fuqarolarga ish haqi olish uchun bank yoki to‘lov provayderini mustaqil ravishda tanlash imkonini beruvchi mexanizmni tayyorlaydi. Xodimlar ish beruvchi tanlagan bank orqali ish haqi olishi shart bo‘lgan amaliyotdan voz kechish rejalashtirilmoqda.

Buning uchun rahbarlarga ish haqi o‘tkazmalarini bir vaqtning o‘zida bir nechta bankka yo‘naltirish imkoniyati beriladi, bu esa xodimlarning bitta moliya muassasasiga bog‘liqligini butunlay yo‘qotadi. Bu orqali banklar va to‘lov tizimlari o‘rtasida raqobat paydo bo‘ladi, mijozlarning imkoniyatlari kengayadi.

Avvalroq rasman ishlayotgan barcha o‘zbekistonliklarga ijtimoiy nafaqalar to‘lanishi xabar qilingandi. Prezident sug‘urta tizimini raqamlashtirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная