O‘zbekistonda konsertlarning milliy an’analarga mosligi tekshirilishi mumkin
O‘zbekistonda konsertlar ssenariylari milliy an’analarga muvofiqligini oldindan tekshirish taklif qilinmoqda.
20-sentabr kuni Madaniyat vazirligi Vazirlar Mahkamasining ommaviy tadbir o‘tkazish uchun ruxsat olish tartibiga o‘zgartirishlar kiritishni nazarda tutuvchi qarori loyihasini muhokama uchun e’lon qildi.
Gap ommaviy tadbirlar, jumladan, konsertlar, xalqaro va milliy ahamiyatga molik tadbirlar o‘tkazish uchun ruxsat olish uchun pasportga o‘zgartirishlar kiritish haqida ketmoqda.
Loyihada konsert-ko‘ngilochar tadbirlarni o‘tkazuvchi tashkilotchi “O‘zbekkonsert” davlat muassasasiga boshqa hujjatlardan tashqari, bo‘lajak tadbirning aniq ssenariysini batafsil taqdim etishi shart bo‘lgan yangi talabni joriy etish taklif qilinmoqda.
Hozirda ruxsatnomalarni berish faqat Ichki ishlar vazirligi va uning hududiy bo‘linmalariga yuklangan. Tasdiqlash talab qilinadigan boshqa organlar yo‘q. Endi yuqoridagi hujjatlarni, shu jumladan, ssenariyni ham bir vaqtning o‘zida tasdiqlovchi organlarga yuborish taklif qilinmoqda.
“O‘zbekkonsert”ni tasdiqlovchi organlar ro‘yxatiga kiritish rejalashtirilgan bo‘lib, unda ekspert komissiyalari orqali quyidagilar hisobga olinadi:
- tadbir dasturi yoki ssenariyning g‘oyaviy-badiiy saviyasi;
namoyish etilishi rejalashtirilgan repertuarning milliy an’analar va umumbashariy qadriyatlarga mos kelishi; - tadbir dasturi yoki ssenariysida Vatanga sadoqat, ona yurtga muhabbat kabi tuyg‘ularning aks ettirilishi.
Keyin ekspert komissiyasi ruxsatnoma berish yoki berishni rad etish to‘g‘risida xulosa tuzadi. Agar komissiya salbiy xulosa chiqarsa, unda rad etish sabablari va hujjatlarni ko‘rib chiqish uchun qayta topshirish muddati ko‘rsatiladi.
Мавзуга оид хабарлар:
Qarindoshlari bilan birga ishlashi mumkin bo‘lgan davlat tashkilotlari xodimlari ro‘yxati tasdiqlandi “O‘zbekkonsert”ni ogohlantirmay xorijda konsert bergan san’atkorlarning litsenziyasi to‘xtatiladi O‘zbekistonda ombudsmanga yangi huquq beriladi “O‘zenergoinspeksiya” Vazirlar Mahkamasi bo‘ysunuviga o‘tkaziladi “O‘zbekkonsert” fuqarolarni litsenziyasiz san’atkorlarning xizmatidan foydalanmaslikka chaqirdi