O‘zbekistonda ketma-ket ikki kun magnit bo‘roni bo‘lishi kutilmoqda
Eng kuchli tebranishlar kunduzi bo‘lishi kutilmoqda.

Meteonova ma’lumotlariga ko‘ra, 25-iyun kuni O‘zbekistonda kuchli “qizil” magnit bo‘roni bo‘ladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, geomagnit g‘alayonlar kuchi 5 ballni tashkil etadi. Geozarbalar soat 14:00 da bo‘lishi kutilmoqda, shundan so‘ng ko‘rsatkich 4 ballgacha pasayadi. 26-iyunga kelib, bo‘ron intensivligi yana 5 ballgacha ko‘tariladi.

Magnit bo‘ronlarining ta’sirini yurak-qon tomir kasalliklari, asab tizimi kasalliklari, qandli diabet va bronxial astma bilan og‘rigan odamlar, bundan tashqari, ob-havoga sezgir va meteopatiya (ob-havo sharoiti tufayli og‘riq) alomatlarini boshdan kechirayotgan odamlar eng ko‘p his qilishadi.
Avvalroq o‘zbekistonliklar magnit bo‘roni tufayli kuchli zilziladan qo‘rqib ketishgandi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotlarga oydinlik kiritib, quyosh zarbalarining kuchi seysmik faollik bilan bog‘liq emasligini ma’lum qilgan.
Izohlar