O‘zbekistonda suv inqirozi tufayli gidroelektr stansiyalarida elektr energiyasi ishlab chiqarish 20 foizga kamaydi, deb xabar berdi “O‘zbekgidroenergo” matbuot xizmati.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yilda mamlakatda suv resurslari hajmi 33 foizga kamaygan, biroq “samarali boshqaruv va mas’uliyatli yondashuv” tufayli elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi 15 foizga oshgani aytilmoqda.
Vazirlik suv resurslarining tabiiy kamayishiga qaramay, energiya ishlab chiqarishda maksimal yuqori samaradorlikka erishilganini ta’kidladi. Xususan, 2025-yilda “O‘zbekgidroenergo” “O‘zenergosotish”ga qariyb 6,5 milliard kVt/soat elektr energiyasi yetkazib berdi.
Avvalroq O‘zbekiston va Afg‘oniston 2026-yilga mo‘ljallangan elektr energiyasini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolagani haqida xabar berilgandi. Energetika vazirligi rahbari Jo‘rabek Mirzamahmudov Afg‘oniston energetika kompaniyasi bosh direktori bilan uchrashdi.






















