O‘zbekistonda endi yopiq sud majlislari tafsilotlarini oshkor qilganlar jazolanadi
Fuqarolardan maxsus tilxat olinadi.

O‘zbekistonda yopiq sud majlisi ma’lumotlari va tafsilotlarini oshkor qilganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilandi, deb xabar bermoqda Adliya vazirligi matbuot xizmati.
Tuzatishlar quyidagi tartibni belgilaydi: agar ishni yopiq sud majlisida ko‘rish uchun asoslar mavjud bo‘lsa, sud uni yopiq sud majlisida o‘tkazish to‘g‘risida ajrim chiqarishi mumkin. Bunday holda, majlisning barcha ishtirokchilari sudning ruxsatisiz ma’lumotlarni oshkor qilishni taqiqlash to‘g‘risida ogohlantiriladi, bundan tashqari, ular oshkor qilmaslik to‘g‘risida tilxat berishlari kerak bo‘ladi.
Ushbu majburiyatlarni buzganlik uchun 239-moddaga (Surishtiruv yoki dastlabki tergov ma’lumotlarini oshkor qilish) muvofiq javobgarlik nazarda tutilgan. Bu shart hujjatda yozib qo‘yiladi. Shunday qilib, huquqbuzarlik uchun fuqaroga BHMning 50 baravarigacha jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi berilishi mumkin.
Avvalroq O‘zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatiga noqonuniy aralashganlik uchun jarimaga tortilishi xabar qilingandi. NNT ishiga aralashganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi, tashkilotlarga esa qonuniy faoliyat uchun ko‘proq erkinlik berildi.
Izohlar