O‘zbekistonda ekologik huquqbuzarliklar uchun jarimalar oshiriladi
Yangilangan ro‘yxat Toshkent shahar ekologiya boshqarmasi tomonidan e’lon qilindi.

Toshkent shahar ekologiya boshqarmasi ekologiya sohasidagi huquqbuzarliklar uchun jarimalarning yangilangan miqdorlarini e’lon qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, yangi tariflar 2025-yil 1-avgustdan kuchga kiradi. Xususan, axborot xizmati quyidagi ro‘yxatni taqdim etdi:
- chiqindilarni belgilanmagan joylarga joylashtirish — 412 000 so‘mdan 1 236 000 so‘mgacha;
- qipiq, shox-shabba va o‘simlik qoldiqlarini yoqish — 1 236 000 so‘mdan 2 060 000 so‘mgacha;
- suvni ifloslantirganlik yoki zaharlaganlik uchun — 1 236 000 so‘mdan 2 060 000 so‘mgacha;
- daraxtlar, butalar, boshqa o‘simliklar va nihollarni qonunga xilof ravishda kesish, kundakov qilish, shikastlantirish, yo‘q qilish yoki boshqa joyga ko‘chirib o‘tkazish — 10 300 000 so‘mdan 20 600 000 so‘mgacha;
- qurilish maydonlarida atmosfera havosini muhofaza qilish talablariga rioya etmaslik — 4 120 000 so‘m;
- muassasa uchun taqiqlangan yovvoyi hayvonlarni saqlash — 2 060 000 so‘mdan 4 120 000 so‘mgacha (hayvonlarni musodara qilgan holda).
Shuningdek, rasmiylar tabiiy muhitni tiklash, tabiiy resurslarni qayta tiklash va tabiiy muhitga zararli ta’sir oqibatlarini bartaraf etish choralarini ko‘rmaganlik uchun jarimalarni yangiladi. Endi u 412 ming so‘mdan 1 million 236 ming so‘mgacha.
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat inspektorining qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilish, xuddi shuningdek uning ko‘rsatmalarini bajarmaslik ham 2 060 000 so‘mdan 4 120 000 so‘mgacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasi qaroriga muvofiq, sog‘lom daraxtlar kesilgan va ildizi bilan shikastlangan hollarda tabiatga yetkazilgan zarar aniqlanadi.
Avvalroq Alisher Qodirov daraxtlarga sig‘inishni to‘xtatishga va ularni “kerak bo‘lsa” kesishga chaqirgani xabar qilingandi. “Milliy tiklanish” rahbari tadbirkor Murod Nazarovning daraxtlarni kesishni qonuniylashtirish g‘oyalari fonida izoh bergan.
Izohlar