Avto

Jarima ballarini joriy etish sanasi e’lon qilindi — qoidabuzarliklar uchun ballar ro‘yxati

Tizimni bosqichma-bosqich joriy qilish uchun ballar faqat yo‘l patrul xizmati xodimlarining ma’muriy bayonnomalariga muvofiq qabul qilingan qarorlar asosida beriladi.

Jarima ballarini joriy etish sanasi e’lon qilindi — qoidabuzarliklar uchun ballar ro‘yxati

1-iyundan boshlab O‘zbekistonda yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarima ballarini hisoblash tizimi ishga tushiriladi, deyiladi Vazirlar Mahkamasining qarori.

Tizimning bosqichma-bosqich joriy etilishi uchun jarima ballari faqat Davlat Yo‘l harakati xavfsizligi inspeksiyasi xodimlari tomonidan tuzilgan ma’muriy bayonnomalar bo‘yicha qabul qilingan qarorlar asosida belgilanadi.

Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi – E-jarimaball moduli orqali yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarima ballari avtomatik tarzda hisoblab chiqiladi. Haydovchilar hisoblangan har bir jarima balli haqida SMS orqali xabardor qilinadi.

Agar haydovchi uch oy davomida yo‘l harakati qoidalarini buzmagan bo‘lsa, unda rag‘batlantirish chorasi sifatida keyingi birinchi qoidabuzarlik uchun jarima balli qo‘shilmaydi. Ilgari bu muddat 12 oy edi.

Agar oxirgi qoidabuzarlikdan keyin haydovchi olti oy ichida yangi yo’l harakati qoidalarini buzmasa, jarima ballarining umumiy soni ikki ballga kamayadi. Agar ballarning umumiy soni ikkitadan kam bo’lsa, ular butunlay bekor qilinadi. Agar bundan keyin yana olti oy davomida qoidabuzarliklar kuzatilmasa, qolgan jarima balllari ham bekor qilinadi.

Haydovchilar uchun jarima ballarini hisoblash muddati birinchi qoidabuzarlik sodir etilgan kundan boshlanadi va keyingi kalendar yilining xuddi shu sanasigacha davom etadi. Agar ushbu davrda to’plangan jarima ballarining umumiy soni 12 taga etmasa, ular keyingi davrga o’tkazilmaydi va bekor qilinadi. Yangi jarima ballini hisoblash davri yangidan boshlanadi.

Jarima ballarini joriy etish sanasi e’lon qilindi — qoidabuzarliklar uchun ballar ro‘yxati

Izohlar

Mavzuga oid