O‘zbekistonda ekologik baholash jarayonlari takomillashtirilmoqda
Mamlakat delegatsiyasi sohada tajriba almashish uchun Jenevaga tashrif buyurdi.

O‘zbekiston Transchegaraviy kontekstda atrof-muhitga ta’sirni baholash to‘g‘risidagi konvensiya va SES bo‘yicha protokol doirasida atrof-muhitga ta’sirni baholash va strategik ekologik baholash bo‘yicha ishchi guruhning 13-yig‘ilishida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda Davlat ekologik ekspertizasi markazi matbuot xizmati.
Ma’lumotlarga ko‘ra, tadbir Jenevada bo‘lib o‘tgan. Yig‘ilishda O‘zbekiston tomoni mamlakatda amalga oshirilayotgan ekologik islohotlar, AMTB va SESning yangi mexanizmlarini joriy etish, ekologik jarayonlarni raqamlashtirish va jamoatchilik ishtirokini kengaytirish to‘g‘risida ma’lumot berdi. Shuningdek, O‘zbekiston xalqaro hamkorlikni faol rivojlantirayotgani ta’kidlandi.
В ходе мероприятия стороны обсудили вопросы обмена опытом между странами, повышения эффективности экологической оценки в таких сферах, как региональное предпринимательство, энергетика, климат и биоразнообразие, совершенствование механизмов мониторинга соблюдения требований Конвенции и Протокола, укрепление субрегионального сотрудничества с участием государств Центральной Азии, а также использование цифровых решений и технологий искусственного интеллекта в экологических процессах.
Shu bilan birga, yig‘ilish ishtirokchilari kelgusi davr uchun ish rejalarini shakllantirish, yangi uslubiy qo‘llanmalar va o‘quv dasturlarini ishlab chiqishga alohida e’tibor qaratdilar. Qayd etilishicha, O‘zbekistonning bunday muhim tadbirdagi ishtiroki xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, milliy islohotlarni taqdim etish va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida tajriba almashish uchun muhim imkoniyatdir.
Avvalroq O‘zbekistonda Ekologiya vazirligi tarqatib yuborilishi xabar qilingandi. Organ o‘rniga ikkita yangi qo‘mita faoliyat ko‘rsatadi.
Izohlar