26 Iyul 2024, 19:24 Oʻzbekiston

O‘zbekistonda dam olish kunlari ham jazirama harorat saqlanib qoladi

Havo harorati ba’zi joylarda 44-45 darajagacha ko‘tarilishi mumkin.

O‘zbekistonda dam olish kunlari ham jazirama harorat saqlanib qoladi

O‘zbekiston bo‘yicha 27—28-iyul kunlariga ob-havo prognozi e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, dam olish kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo kam bulutli va juda issiq bo‘ladi. Hududning katta qismida havo harorati kunduz kunlari 38-43 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 44-45 darajagacha isiydi.

Shamol 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayadi, ayrim joylarda 20-23 metr/sekundgacha kuchayishi, chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.

Toshkentda havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechalari 25-27 daraja, kunduzi 39-42 daraja bo‘ladi.

Mashhur yangiliklar