Dam olish kunlari harorat yana salqinlashishi kutilmoqda
Respublikaning baland tog‘li hududlarida yog‘ayotgan yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.
Dam olish kunlari respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet agentligi.
Juma kuni O‘zbekiston hududiga nisbatan sovuq va biroz nam havo kirib kelishi boshlanadi. Kunduzi havo biroz bulutli bo‘ladi, respublikaning katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat Toshkent viloyatida kechga tomon ba’zi joylarda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Juma kuni harorat 26-29 daraja bo‘ladi. Shanba-yakshanba kunlari esa kechalari 10-15 darajagacha, kunduz kunlari 22-27 darajagacha pasayadi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida 6 va 7-sentyabr kunlari ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. 7-sentyabrda baland tog‘larda qorga aylanishi mumkin. Ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda.
Toshkent shahrida 6-sentabrda kechga tomon biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 12-14 m/s gacha kuchayadi. Harorat 24-29 daraja bo‘ladi.
7-8-sentabr kunlari havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat asosan kechalari 10-13, kunduz kunlari 24-27 daraja bo‘ladi.
Мавзуга оид хабарлар:
“O‘zgidromet” 8-oktyabrga ob-havo prognozini e’lon qildi “O‘zgidromet” 7-oktyabr kuni qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi 5-oktyabr kuni qaysi hududlarda yomg‘ir yog‘ishi ma’lum qilindi O‘zbekistonda dam olish kunlari havo biroz salqinlashadi 4-oktyabr kuni qator hududlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda