10 Iyul 2024, 15:23 Oʻzbekiston

O‘zbekistonda byudjet mablag‘lari moliyaviy nazorati kuchaytiriladi

Endi ilg‘or xorijiy tajriba asosida 36 ta risk-tahlil mezonlari va indikatorlarini takomillashtirish zarurligi ta’kidlandi.

O‘zbekistonda byudjet mablag‘lari moliyaviy nazorati kuchaytiriladi

Shavkat Mirziyoyev 10-iyul kuni byudjet mablag‘laridan foydalanilishi ustidan moliyaviy nazoratni kuchaytirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Pezident matbuot xizmati xabarida qayd etilishicha, bugun dunyodagi murakkab jarayonlar iqtisodiyotga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda.

Mablag‘ topish, jamg‘arish, ko‘paytirish tobora qiyin bo‘lib bormoqda. Bunday sharoitda bor manbalardan samarali foydalanish, tejamkorlik va aniqlik yanada muhim.

Shu yil 16-yanvar kuni iqtisodiyotdagi ustuvor vazifalar yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida davlat rahbari byudjet xarajatlarining samaradorligi masalasiga alohida to‘xtalib, moliyaviy nazoratni kuchaytirish bo‘yicha topshiriqlar bergan edi.

Ma’lumki, bu vazifani Hisob palatasi amalga oshiradi. Hozirgi tizimda faqat budjet va maqsadli jamg‘armalar xarajati tashqi audit bilan qamrab olingan. Bu jami xarajatlarning 86 foizini tashkil etadi.

Shu bois Hisob palatasi tomonidan konsolidatsiyalashgan budjet ijrosini tashqi auditdan o‘tkazish taklif etilmoqda. Bu byudjetdan tashqari jamg‘armalar hamda tashqi qarz hisobidan xarajatlarni ham qamrab olish imkonini beradi.

Mashhur yangiliklar