O‘zbekistonda bir oylik harbiy xizmat to‘lovi miqdori oshiriladi
1-oktyabrdan O‘zbekistonda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori oshirilishi fonida bir oylik harbiy xizmat to‘lovi miqdori ham ko‘tariladi.
O‘zbekistonda bir oylik harbiy xizmat to‘lovi mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan kelib chiqib belgilanadi. Kuzda mazkur miqdor oshirilishi hisobiga to‘lov narxi ham oshadi.
Joriy yil 1-oktyabrdan O‘zbekistonda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori oshirilib, 1 million 155 ming so‘m etib belgilandi.
Safarbarlik chaqiruv rezervi to‘lov badali bevosita mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 7 barobariga teng. Yaʼni 1-oktyabrdan bir oylik harbiy xizmat uchun to‘lov miqdori hozirgi 7 million 350 ming so‘mdan 8 million 85 ming so‘mga oshiriladi.
Hukumat qaroriga muvofiq, safarbarlik chaqiruv rezervi safiga olingan shaxslar tomonidan pul badallari xizmatga olingandan keyin tomonlarning kelishuvi asosida, 1 yil mobaynida biryo‘la yoki bosqichma-bosqich (bo‘lib to‘lash orqali) amalga oshirilishi mumkin.
Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga olingan shaxslar tomonidan to‘langan pul badallari summasi Mudofaa vazirligining “Safarbarlik chaqiruvi rezervi mablag‘lari” maxsus hisobraqamida jamlanadi. Mablag‘lar muddatli harbiy xizmatchilarga nafaqa pulini to‘lash, vazirlikning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchilari taʼminotiga yo‘naltiriladi.
Fuqarolar safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga 27 yoshga to‘lgunga qadar olinadi. Ular safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmatni o‘tash davrida oylik harbiy yig‘inlarni o‘tashga jalb etilishi, favqulodda vaziyatlar yoki O‘zbekistonga qarshi harbiy tajovuz ro‘y bergan taqdirda haqiqiy harbiy xizmatga chaqirilishlari mumkin.
Мавзуга оид хабарлар:
O‘zbekiston Mudofaa vazirligi jamoasi Britaniyadagi musobaqada ikkinchi o‘rinni egalladi Diyora Keldiyorova va Ulug‘bek Rashitov ham muddatidan oldin navbatdagi harbiy unvonini oldi Ўзбекистонлик мерганлар Туркиядаги халқаро мусобақада биринчи ўринни олди Тошкентда 8 май куни ҳарбийлар пиёда юриши ўтказилади Бўстонлиқда Мудофаа вазирлиги боғи барпо этилади