O‘zbekiston

O‘zbekistonda bir nechta umra turoperatorlari jazolandi

Kompaniyalar ziyorat turlari reklamasida qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘ygan.

ع / حج / ضيوف الرحمن يتوافدون إلى صعيد عرفات لأداء ركن الحج الأعظم 9

O‘zbekistonda kichik ziyorat turlarini reklama qilish qonunchiligini buzganlik uchun turoperatorlar va ijtimoiy tarmoqlar ma’murlariga nisbatan 12 ta ish qo‘zg‘atildi, deb xabar bermoqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi matbuot xizmati.

Mutaxassislar tomonidan ommaviy axborot vositalari va internet tarmog‘ida Umra ziyoratini tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq turagentliklarning reklamalari tahlil qilindi. Tekshiruv natijalariga ko‘ra, huquq-tartibot idoralari tomonidan Navoiy viloyati va Toshkent shahrida tegishli litsenziyaga ega bo‘lmasdan reklama materiallarini joylashtirgan 3 ta turoperatorga nisbatan ish qo‘zg‘atildi.

Natijada “MUS ALI TOUR”, “Amirxan Travel” va “TRAVEL ATA” turagentlari jarimaga tortildi. Bundan tashqari, qo‘mitaning Farg‘ona, Namangan va Toshkent viloyatlari bo‘yicha vakillari reklamada qonun talablarini buzgan 9 ta Telegram va Instagram kanallari ma’murlarini ham javobgarlikka tortgan. Qayd etilishicha, tekshiruv natijalariga ko‘ra, mutaxassislar barcha qayd etilgan holatlar bo‘yicha tegishli choralar ko‘radi.

Avvalroq Umra safariga Saudiya Arabistoniga istalgan viza bilan kelish mumkinligi xabar qilingandi. Mamlakat rasmiylari yangi chora ziyoratchilar sonini oshirishga yordam berishini rejalashtirmoqda.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная