28 Sentabr 2024, 12:33 Oʻzbekiston

O‘zbekistonda AI-80 benzinidan to‘liq voz kechish 2028 yilga qoldirildi

O‘zbekistonda “Yevro-4”dan past standartdagi AI-80 benzinidan to‘liq voz kechish 2028 yilga qoldirildi.

O‘zbekistonda AI-80 benzinidan to‘liq voz kechish 2028 yilga qoldirildi

Toshkent shahrida atmosfera havosi sifatini yaxshilashga qaratilgan kechiktirib boʻlmas chora-tadbirlar dasturiga muvofiq, 2028-yildan boshlab “Yevro-4” standartidan (AI-80) past boʻlgan avtomobil yonilgʻisidan foydalanish taqiqlanadi. Bu haqda chang boʻronlariga qarshi kurashish va havo sifatini yaxshilash boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi prezident qarorida keltirib otilgan.

Shuningdek, qaror bilan 2025−2027-yillarda “Yevro-4”dan past standartdagi yoqilgʻi importini bosqichma-bosqich taqiqlash va mamlakatdagi korxonalarni modernizatsiya qilish rejalashtirilgan.

Buxoro neftni qayta ishlash zavodida “Yevro-4” va undan yuqori benzinga oʻtish uchun vaqt kerak. Yil oxirigacha loyihaning texnik-iqtisodiy asoslari ishlab chiqiladi va shundan soʻng Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi. Loyihani toʻliq yakunlash uchun 30−32 oy vaqt ketadi.

Shu bilan birga, 2025-yildan boshlab AI-92 benzinini ishlab chiqarish har oy oshib boradi. AI-92 benzini ishlab chiqarishga toʻliq oʻtish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi, deyiladi “Oʻzbekneftgaz” axborot xizmatining Gazeta.uzʻga  bergan izohida.

Mashhur yangiliklar