29 Oktabr 2024, 15:04 Oʻzbekiston

O‘zbekistonda aholi asosan qaysi kasalliklardan vafot etayotgani ochiqlandi

Statistika agentligi O‘zbekiston aholisi qaysi kasalliklardan ko‘proq vafot etayotganini maʼlum qildi.

O‘zbekistonda aholi asosan qaysi kasalliklardan vafot etayotgani ochiqlandi

O‘zbekistonda 9 oy davomida qayd etilgan o‘limlarning 57,2 foizi qon aylanish tizimi kasalliklaridan kelib chiqqan. Bu haqda Statistika agentligi maʼlum qildi.

Mamlakatda 2024-yil yanvar–sentyabr oylarida vafot etganlar soni 131,7 ming kishini tashkil etdi. Shundan erkaklar 72,3 ming nafar, ayollar 59,4 ming nafar. Vafot etganlardan 74,5 ming kishi shaharlarda, 57,2 ming kishi qishloqlarda yashagan.

Mamlakatda har 100 ming aholiga jami vafot etgan erkaklar soni 517,6 nafar, ayollar esa 430,5 nafarga to‘g‘ri kelgan.

Agentlikning qayd etishicha, to‘qqiz oy mobaynidagi o‘lim holatlarining 57,2 foizi qon aylanish tizimi kasalliklaridan, 9,5 foizi o‘simtalardan kelib chiqqan.

Shu bilan birga, vafot etganlarning 6,5 foizida nafas olish aʼzolari kasalliklari qayd etilgan. Qolgan 5,8 foiz marhum baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlardan, 4 foizi ovqat hazm qilish aʼzolari kasalliklaridan, 1,2 foizi yuqumli va parazitar kasalliklardan, 15,8 foizi boshqa kasalliklardan vafot yetgan.

Taqqoslash uchun, 2023-yilning yanvar–sentyabr oylarida O‘zbekistonda 129,7 ming kishi olamdan o‘tgan. O‘lim holatining 58,9 foizi qon aylanish tizimi kasalliklaridan kelib chiqqani maʼlum qilingan.

Mashhur yangiliklar