3 Dekabr 2024, 16:12 Jahon, Oʻzbekiston, Sport

O‘zbekiston va BAA Abu-Dabiga kiritilmagan o‘zbekistonliklar masalasini muhokama qildi

30 noyabr kuni 31 nafar O‘zbekiston fuqarosi amirliklar hududiga kiritilmagan edi.

O‘zbekiston va BAA Abu-Dabiga kiritilmagan o‘zbekistonliklar masalasini muhokama qildi

2 dekabr kuni tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Birlashgan Arab Amirliklarining O‘zbekistondagi elchisi Said Matar al-Qamziyni qabul qildi, deb xabar beradi TIV matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilingan.

Shu bilan birga, tomonlar so‘nggi kunlarda O‘zbekiston fuqarolarining Birlashgan Arab Amirliklari hududiga kirishlarida kuzatilayotgan qiyinchiliklar bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha fikr almashgan.

Mavjud holatni imkon qadar qisqa muddatlarda hal qilish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar ko‘rishga kelishib olindi, deyiladi xabarda.

30 noyabr kuni Toshkent–Abu-Dabi yo‘nalishi bo‘yicha Wizz Air aviakompaniyasi reysida uchgan 31 nafar O‘zbekiston fuqarosi amirliklar hududiga kiritilmadi. Ular Abu Dabi shahridagi Shayx Zoid nomidagi xalqaro aeroportda chegaradan o‘tkazilmagan.

Mashhur yangiliklar