Oʻzbekiston va Afgʻoniston yuk tashuvlari toʻlovlarini kamaytirish va tranzit bitimini muhokama qildi
Tomonlar Hayraton-Mozori Sharif temiryoʻl liniyasini rekonstruksiya qilish boʻyicha shartnoma muddatini yana 6 oyga uzaytirdi.
Oʻzbekiston va Afgʻoniston avtomobillarda yuk tashuvchilar uchun yigʻim va toʻlovlarni kamaytirish masalasini muhokama qildi, deb xabar qildi Transport vazirligi matbuot xizmati.
4-iyul kuni Toshkent shahrida transport vaziri Ilhom Mahkamov Afgʻoniston sanoat va savdo vaziri Nuriddin Aziziy boshchiligidagi Afgʻoniston delegatsiyasi vakillari bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Muzokaralar chogʻida yuklarni tashishda undiriladigan yigʻim va toʻlovlarni kamaytirish orqali milliy tashuvchilar uchun qulay shart sharoitlar yaratish yuzasidan fikr almashildi.
TOLO news nashrining yozishicha, Afgʻoniston temiryoʻllari boshqarmasi “Oʻzbekiston temiryoʻllari” bilan Hayraton—Mozori Sharif temir yoʻl liniyasini rekonstruksiya qilish boʻyicha shartnomani olti oyga uzaytirdi.
Afgʻoniston jamoat ishlari vazirligi vakili Muhammad Ashraf Haqshinasning soʻzlariga koʻra, bu “temiryoʻlda qolgan ishlarni yakunlash” imkonini beradi.
Muzokaralarda trans-afgʻon temir yoʻli loyihasi boʻyicha texnik tadqiqotlar ham muhokama qilindi. Bundan tashqari, afgʻon temiryoʻlchilarni Oʻzbekistonda tayyorlash uchun stipendiyalar ajratish masalasiga ham toʻxtalib oʻtildi.
Мавзуга оид хабарлар:
Oʻzbekiston hududida zilzila qayd etildi O‘zbekistonning Afg‘onistondagi yangi elchisi tayinlandi Afg‘oniston o‘zbekistonlik haydovchilardan undiriladigan yig‘imlar miqdorini kamaytirdi Afgʻonistonda sodir boʻlgan zilzila Surxondaryoda sezildi Qashqadaryolik erkak Afg‘oniston fuqarosini 53,5 ming dollarga chuv tushirdi