14 Noyabr 2024, 16:53 •Oʻzbekiston
“Oʻzbekiston temiryoʻllari” 1-dekabrdan yuk tashish tariflarini oshiradi
“Oʻzbekiston temiryoʻllari” xarajatlarni qisman qoplash va yuk vagon parkini yangilash maqsadida tariflarni 30 foizga oshiradi.
“Oʻzbekiston temiryoʻllari” AJ 2024-yil 1-dekabrdan mahalliy qatnovdagi vagonlar orqali yuk tashish tariflarini oshiradi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, “Oʻzbekiston temiryoʻllari” AJ tomonidan koʻrsatilayotgan yuk tashish xizmatlarida vagon qismiga bogʻliq xarajatlar oshgan.
Ushbu xarajatlarni qisman qoplash hamda yuk vagon parkini yangilash maqsadida 2024-yil 1-dekabrdan mahalliy qatnovda aksiyadorlik jamiyatiga tegishli (inventar) vagonlarda yuk tashish tariflari vagon turidan (universal, maxsuslashtirilgan va sisterna) kelib chiqib, tarif stavkalaridagi vagon qismi 30 foiz miqdorida oshiriladi, deyiladi xabarda.
Мавзуга оид хабарлар:
Ayrim iste’molchilar elektr energiyasi uchun to‘lov tarifini o‘zi tanlashi mumkin bo‘ladi
Soʻnggi yangiliklar
Toshkent aeroportida eshitish qobiliyati cheklangan shaxslar ish boshladi
23 Noyabr 2024, 13:22Toshkent viloyatida 9-sinf o‘quvchisi sinfdoshlari tomonidan kaltaklandi
23 Noyabr 2024, 12:33Toshkent shahri transport bosh boshqarmasiga yangi rahbarlar tayinlandi
23 Noyabr 2024, 11:48Toshkent tumanidagi sexda yong‘in sodir bo‘ldi
23 Noyabr 2024, 11:06“Toshkent viloyati suv taʼminoti” mutaxassisi pora bilan ushlandi
23 Noyabr 2024, 10:02Zangiotada 14 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi
23 Noyabr 2024, 09:11“Toshshahartransxizmat”ga yangi rais tayinlandi
23 Noyabr 2024, 08:2723-noyabr kuni qanday ob-havo boʻlishi maʼlum qilindi
23 Noyabr 2024, 07:24