5 Sentabr 2024, 08:50 Oʻzbekiston

Oʻzbekiston-Shimoliy Koreya oʻyinida maydonga tushgan muxlislar jiddiy jazolanadi

O‘FA va Toshkent shahar IIBB O‘zbekiston-Shimoliy Koreya o‘yini oldidan muxlislarga murojaatnoma yo‘lladi.

Oʻzbekiston-Shimoliy Koreya oʻyinida maydonga tushgan muxlislar jiddiy jazolanadi

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda Toshkent shahar IIBB 5-sentyabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston va Shimoliy Koreya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvni “Bunyodkor” stadionida tomosha qilish istagida bo‘lgan hamyurtlarimizdan jamoat tartibiga qatʼiy rioya etish, muxlislik madaniyatiga amal qilishni so‘radi.

Maydonga tushish qatʼiyan man etiladi! Avvalgi uchrashuvlardan birida OFK tomonidan belgilangan qoidalarni qo‘pol ravishda buzib, maydonga yugurib chiqqan va shu orqali tartibsizlik yuzaga keltirgan muxlislarga nisbatan huquq-tartibot organlari tomonidan maʼmuriy hamda moddiy jazo qo‘llanilgani haqida eslatib o‘tmoqchimiz.

Futboldan zavq olib, qoidalarni buzmay, stadionda faoliyat olib boradigan yuzlab insonlar mehnatini hurmat qilib, yuqori kayfiyatda uchrashuvga tashrif buyurishingizni so‘rab qolamiz, deyiladi murojaatnomada.

Mashhur yangiliklar