O‘zbekiston prezidenti Ozarbayjon rahbariga yana bir bor hamdardlik bildirdi
Shavkat Mirziyoyev Ilhom Aliyevga telefon qilib, yana chuqur hamdardlik bildirdi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-dekabr kuni telefon orqali muloqot chog‘ida Qozog‘istonning Aqtau shahri yaqinida yo‘lovchi laynerining qulashi oqibatida ko‘plab qurbonlar bo‘lgani munosabati bilan Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevga chuqur hamdardlik bildirdi, deb xabar qildi davlat rahbari matbuot xizmati.
Davlat rahbari Ozarbayjon yetakchisi orqali halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga samimiy hamdardlik va dalda so‘zlarini yo‘lladi, jabrlanganlarning barchasi tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi.
Kecha, 25-dekabr kuni Azerbaijan Airlines samolyotining Aqtau shahri yaqinida halokatga uchrashi oqibatida bortdagi 67 kishidan 38 nafari halok bo‘lgan, ular orasida Ozarbayjon va Qozog‘iston fuqarolari ham bor. 29 yo‘lovchi, jumladan, 3 nafari voyaga yetmagan bola samolyotdan chiqishga muvaffaq bo‘lgan va shifoxonalarga yetkazilgan.
Hozirda Aqtauda Qozog‘iston hukumat komissiyasi avariya sabablarini o‘rganish bo‘yicha ish olib bormoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Qozog‘iston-O‘zbekiston chegarasida maxfiy tunnel topildi Qozog‘istonda qulagan samolyotning qora qutisi topildi Mirziyoyev Ozarbayjon va Rossiya prezidentlariga hamdardlik yoʻlladi Bokudan Grozniyga uchgan yo‘lovchi samolyoti Qozog‘istonda qulab tushdi Rossiya 7 mln dollarlik firibgarlikda ayblanayotgan o‘zbekistonlikni Qozog‘istonga ekstraditsiya qildi