O‘zbekiston oltin ishlab chiqaruvchi davlatlarning yetakchi o‘ntaligiga kirdi
Bir yil davomida O‘zbekistonda 119,6 tonna qimmatbaho metall ishlab chiqarilgan.
2023 yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston dunyodagi eng yirik oltin ishlab chiqaruvchilar orasida o‘ninchi o‘rinni egalladi. Bu haqda World Gold Council ma’lumotlariga tayanib, TASS yozdi.
Qayd qilinishicha, 12 oy davomida O‘zbekistonda 119,6 tonna qimmatbaho metall ishlab chiqarildi.
Eng ko‘p oltin ishlab chiqargan mamlakat Xitoy bo‘ldi – 378,2 tonna. Ikkinchi o‘rinda – Rossiya (321,8 tonna), uchinchi o‘rinda – Avstraliya (293,8 tonna).
Oltin ishlab chiqaruvchilarning yetakchi o‘ntaligiga Kanada (191,9 tonna), AQSh (166,7 tonna), Gana (135,1 tonna), Indoneziya (132,5 tonna), Peru (128,8 tonna) va Meksika (126,6 tonna) ham kirdi.
Bundan tashqari, o‘tgan yil natijalariga ko‘ra, Shveytsariya oltin va uning hosilalari eksporti bo‘yicha birinchi bo‘ldi. Qimmatbaho metallni xorijda sotishdan bu mamlakat 107,2 milliard dollar daromad oldi. Ikkinchi o‘rinda – Buyuk Britaniya (65,3 milliard dollar), uchinchi o‘rinda – Xitoy (44,4 milliard dollar).
Мавзуга оид хабарлар:
O‘zbekiston oktyabr oyida 833 mln dollarlik oltin sotdi O‘zbekistonning Kubadagi birinchi elchisi akkreditatsiyadan o‘tdi O‘zbekistonliklar Qozog‘iston va Tojikistonga ham ID-karta orqali o‘tishi mumkin bo‘ladi JCH saralashi — 2026. Oʻzbekiston Shimoliy Koreyaga qarshi muhim oʻyinda gʻalaba qozondi O‘zbekiston mobil internet tezligi reytingida pastladi