2025-yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston 56 ta xorijiy davlatga 45,8 million dollarlik 23,9 ming tonna quritilgan o‘rik sotdi. Bu haqda Statistika qo‘mitasi xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2024-yilning mos davri bilan solishtirilganda 13,7 ming tonnaga yoki 2,4 barobarga oshgan. Qaysi davlatlarga o‘zbek turshaklari ko‘proq yetkazib berilgan:
- Xitoy — 5,5 ming tonna;
- Qozog‘iston — 4,6 ming tonna;
- Turkiya — 4,1 ming tonna;
- Rossiya — 1,8 ming tonna;
- Ukraina — 1,5 ming tonna;
- boshqa mamlakatlar — 6,5 ming tonna.
Avvalroq tadbirkorlarga meva-sabzavotlarning zamonaviy qadoqlaridan foydalanganlik uchun imtiyozlar berilishi haqida xabar berilgandi. Mamlakatga ekish, yig‘ish va saralash uskunalarini 1 foizlik bojxona stavkasi bo‘yicha olib kirish mumkin bo‘ladi.




















