Statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil boshidan buyon O‘zbekiston qariyb 10 milliard dollarlik oltin eksport qilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-sentyabr oylarida bu ko‘rsatkich 2024-yilning shu davriga nisbatan 70,5 foizga yoki 5,8 mlrd dollarga oshgan. Sentyabr oyining o‘zida mamlakat 1,47 mlrd dollarlik qimmatbaho metall sotishga muvaffaq bo‘ldi. Shu bilan birga, eksportning umumiy hajmida oltinning ulushi 37 foizdan ortiqni tashkil etdi.

Ta’kidlash joizki, dunyoda oltin narxi yana o‘sa boshladi va bir unsiya uchun 4 ming dollarga yetdi. Ekspertlarning fikriga ko‘ra, Yaqin Sharqdagi keskinlikning pasayishi belgilari foydani qayd etishga turtki bo‘lgan. Xususan, Isroil va HAMASning AQSH taklif qilgan mojaroni hal qilish rejasining birinchi bosqichiga roziligi.

Avvalroq O‘zbekiston dunyodagi eng yirik oltin ishlab chiqaruvchilar o‘ntaligiga kirgani haqida xabar berilgandi. 2024-yilda qimmatbaho metallar qazib olish global hajmning taxminan 3,5 foizini tashkil etdi.