O‘zbekiston mobil internet tezligi reytingida pastladi
O‘zbekiston mobil internet tezligi reytingida sentyabr oyiga nisbatan to‘rt pog‘onaga tushib ketdi.

2024 yil oktyabr oyida O‘zbekiston mobil internet tezligi reytingida 72-o‘rinni egalladi. Bu haqda Speedtest Global Index ma’lumotlaridan oydinlashmoqda.
Reytingga ko‘ra, sentabr oyiga nisbatan mamlakat to‘rt pog‘onaga tushib ketdi, mobil internet tezligi 38,97 Mbit/s deb baholanmoqda.
O‘z navbatida O‘zbekiston simli internet tezligi bo‘yicha 74-o‘rinni egalladi (pozitsiya o‘zgarmadi). O‘rtacha tezlik: 76,12 Mbit/s.
Eng tez mobil internet Birlashgan Arab Amirliklarida qayd etildi – 428,53 Mbit/s. Simli internet tezligi bo‘yicha Singapur yetakchilik qilmoqda – 316,99 Mbit/s.
Oktyabr oyiga qadar O‘zbekiston mobil internet tezligi reytingida ketma-ket to‘rt oy yuqoriga ko‘tarilgan edi: iyun oyida – 89-o‘rindan 77-o‘ringa, iyul oyida – 77-o‘rindan 74-o‘ringa, avgust oyida – 74-o‘rindan 71-o‘ringa, sentabr oyida – 71-o‘rindan 68-o‘ringa.
Мавзуга оид хабарлар:
O‘zbekiston kompaniyasi Yevropa Ittifoqi sanksiyalariga uchradi O‘zbekiston Surinam bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatdi AQShdan deport qilingan oʻzbekistonliklar Nyu-York—Toshkent yoʻnalishi orqali qaytadi Xalqaro qidiruvda bo‘lgan shaxs Misrdan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi O‘zbekiston 26 yildan so‘ng qishki Osiyo o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritdi
Soʻnggi yangiliklar







