Mudofaa vazirligi harbiy-havo kuchlari ko‘magida Ugom-Chotqol tog‘ tizmasining borish qiyin bo‘lgan hududidagi “Oygaing” meteorologiya stansiyasi xodimi evakuatsiya qilindi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zgidromet rahbariyati stansiya xodimining ahvoli og‘irligi va zudlik bilan evakuatsiya qilinishi kerakligi haqida harbiylarni xabardor qilgan.

Harbiy havo kuchlarining Super Puma qidiruv-qutqaruv vertolyoti tungi ko‘rish moslamalaridan foydalangan holda tungi vaqtda stansiyaga yetib keldi. Ekipaj O‘zgidromet xodimini Chirchiqdagi shifoxonaga olib borgan va unga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Xodimning ahvoli yaxshi, u malakali shifokorlar nazoratida.