Sinoptiklar ob-havo yomonlashishi munosabati bilan o‘zbekistonliklarga bilan murojaat qildi
O‘zbekistonning tog‘li hududlarida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.

Sinoptiklar o‘zbekistonliklarni zudlik bilan respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel va suv toshqini ehtimoli haqida ogohlantirdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 17 va 19-may kunlari yog‘ishi kutilayotgan yomg‘ir munosabati bilan respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel ko‘chishi ehtimoli haqida ogohlantirilgan. Mutaxassislar, shuningdek, ushbu hududlarda istiqomat qilayotgan yoki dam oluvchi aholini, shuningdek, tog‘li hududlarga ketayotgan haydovchilarni ehtiyot choralarini ko‘rishga chaqirdi.
Quyidagi hududlar xavf ostida deb e’lon qilindi:
- Qashqadaryo viloyati: Yakkabogʻ, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob,
Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor tumanlari; - Surxondaryo viloyati: Sariyosiy, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrabot tumanlarida;
- Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulungʻur, Nurobod, Qoʻshrobod, Kattaqoʻrgʻon,
Payariq, Jamboy, Ishtixon tumanlari; - Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof-Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlari;
- Toshkent viloyati: Ohangaron, Boʻstonliq, Parkent, Pskent, Oʻrtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlari hamda Angren, Olmaliq shaharlari;
- Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlari;
- Farg‘ona viloyati: So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq tumanlari;
- Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qoʻrgʻontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xoʻjaobod, Marhamat tumanlari va Xonobod shahrida sel va sel kelishi mumkin.
Qayd etilishicha, tog‘li hududlarda yomg‘ir suvi to‘planib qolgani sababli suv toshqini xavfi ham yuzaga kelishi mumkin.
Izohlar