O‘zbekiston elchisi Indoneziya prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi
O‘zbekistonning yangi tayinlangan elchisi Oybek Eshonov Indoneziya prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi.
O‘zbekistonning favqulodda va muxtor elchisi Oybek Eshonov Indoneziya prezidenti Subianto Prabovoga o‘zining ishonch yorliqlarini topshirdi.
Marosimning rasmiy qismidan so‘ng bo‘lib o‘tgan qisqacha suhbatda davlat rahbari Indoneziya O‘zbekiston bilan do‘stlik, o‘zaro hurmat va manfaatlarni hisobga olish tamoyillariga asoslangan munosabatlarini yuksak qadrlashini ta’kidladi.
Indoneziya prezidenti, shuningdek, mamlakat hukumatining rasmiy Toshkent bilan siyosiy muloqotni faollashtirish va ko‘p qirrali hamkorlikni mustahkamlashdan manfaatdorligini tasdiqladi.
Savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda shuningdek, turizm yo‘nalishida ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish uchun ulkan zaxiralar va foydalanilmagan salohiyat mavjudligi qayd etildi.
Uchrashuv so‘nggida prezident Subianto Prabovo O‘zbekiston prezidentiga samimiy tilaklarni yetkazishni so‘radi.
Мавзуга оид хабарлар:
O‘zbekistonning Kubadagi birinchi elchisi akkreditatsiyadan o‘tdi O‘zbekistonliklar Qozog‘iston va Tojikistonga ham ID-karta orqali o‘tishi mumkin bo‘ladi JCH saralashi — 2026. Oʻzbekiston Shimoliy Koreyaga qarshi muhim oʻyinda gʻalaba qozondi O‘zbekiston mobil internet tezligi reytingida pastladi O‘zbekistonga 10 oyda qancha turist kelgani maʼlum qilindi