O‘zbekiston bosh vazirining yordamchisi o‘zgardi
Bosh vazirning yordamchisi va qabulxonasi mudiri Sarvar Ashurov lavozimidan ozod etildi.
Shuhrat Musojonovich Ibragimov O‘zbekiston bosh vazirining yangi yordamchisi — bosh vazir qabulxonasi rahbari etib tayinlandi. Bu haqda hukumat rahbari matbuot kotibi Bekzod Hidoyatov xabar berdi.
Ibragimov tayinlovdan oldin Vazirlar Mahkamasi kotibiyati rahbari o‘rinbosari — bo‘lim boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
U bosh vazir yordamchisi — bosh vazir qabulxonasi mudiri lavozimida ishlagan Sarvar G‘aniyevich Ashurovning o‘rnini egalladi.
Sarvar Ashurov bundan avval Yoshlar ishlari agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari, Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, yoshlar, ma’naviyat va jamoat tashkilotlari, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash masalalari kotibiyati mudirining o‘rinbosari, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati raisi hamda “Kamalak” bolalar tashkiloti rahbari lavozimlarida ishlagan.