10 Iyul 2024, 11:02 Oʻzbekiston

Oʻrta Chirchiqda gaz taʼminoti xodimi pora olayotganida qoʻlga tushdi

Hozirda jinoyat ishi boʻyicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Oʻrta Chirchiqda gaz taʼminoti xodimi pora olayotganida qoʻlga tushdi

Toshkent viloyatining Oʻrta Chirchiq tumanida gaz taʼminoti boʻlimi bosh muhandisi pora bilan qoʻlga tushdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, “Oʻrta Chirchiq tumangaz” gaz taʼminoti boʻlimi bosh muhandisi S.S. tumandagi non va qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish sexini gaz tarmogʻiga ulashga ruxsat berish hamda elektron hisoblagich oʻrnatish evaziga 8 500 dollar miqdoridagi pullarni pora tariqasida olgan vaqtda ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tuman gaz taʼminoti korxonasi bosh muhandisi protsessual tartibda ushlangan. Hozirda jinoyat ishi boʻyicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mashhur yangiliklar