4 Sentabr 2024, 19:38 Oʻzbekiston

O‘rinbosari va xodimlarini so‘kkan Qo‘shrabot hokimiga hayfsan berildi

Qo‘shrabot tumani hokimi Dilshod Shakarboyev o‘rinbosari va xodimlarini haqorat qilgani uchun jazolandi.

O‘rinbosari va xodimlarini so‘kkan Qo‘shrabot hokimiga hayfsan berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumani hokimi Dilshod Shakarboyev ekani aytilgan shaxs xodimlarini haqorat qilayotgani eshitilgan audioyozuv tarqaldi. Viloyat hokimligi hokimga chora ko‘rilganini ma’lum qildi.

Internetdagi xabarda holat tumanda o‘tkazilgan yig‘ilishlardan birida sodir bo‘lgani, hokim qurilish va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlarini turli haqoratli so‘zlar bilan so‘kkani aytiladi.

Xususan, hokim 400 million so‘mga bitta mahalla “to‘liq bitishi”, buni Mahalla uyushmasidagilar ham tasdiqlaganini aytgan va qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Inoyat Xoliqulovni “hech baloni bilmaslik”da ayblagan.

Ertalab hammasini olib bor, ey noinsof b**t, hammasini olib bor o‘sha yerga… Faqat men aytgan odamni topib oldi bular, o‘zing top deyapman bitta quruvchi, ey noinsof, qurilish bo‘yicha o‘rinbosar-ku sen, degan hokim unga.

U, shuningdek, kambag‘allik bo‘yicha o‘rinbosarini “eshak” deb haqoratlagan va turli uyatsiz so‘zlarni ishlatgan.

Samarqand viloyati hokimligi hokim Erkinjon Turdimov farmoyishi bilan Dilshod Shakarboyevga nisbatan hayfsan intizomiy jazo chorasi qo‘llanganini ma’lum qildi.

Mashhur yangiliklar