17 Dekabr 2024, 18:10 Oʻzbekiston

Nukus shahrining bosh rejasi tasdiqlandi

Hukumat qarori bilan Nukus shahrining bosh rejasi tasdiqlandi.

Nukus shahrining bosh rejasi tasdiqlandi

“Nukus shahrining bosh rejasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan shaharning bosh rejasi loyihasi asosiy yechimlari va texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari tasdiqlanmoqda. 2040-yilgacha Nukus shahri Nukus tumani hududiga 876 gektarga kengayishi hisobga olingan.

Shuningdek, bu vaqtga kelib aholi soni 312,4 ming nafardan 400 ming kishiga koʻpayadi, shahar maydoni esa 13,4 ming gektarni tashkil etadi. Maktabgacha taʻlim muassasalari soni ikki baravar koʻpayib, 20,8 mingtani tashkil etadi, shifoxonalardagi joylar 3,3 mingdan 9,9 mingtagacha oshadi.

Bundan tashqari, jamoat transporti, avtomobil yoʻllari va koʻchalar hisobot davrida quyidagicha oʻzgarishi rejalashtirilgan:

  • magistral koʻchalarning umumiy uzunligi — 90,35 kilometrdan 278 kilometrga;
  • shahar jamoat transporti qatnovi umumiy soni — 60 qatnovdan 300 qatnovga;
  • transport xizmatidan foydalanuvchi yoʻlovchilar — 1,3 million kishidan 118,5 million kishiga.

Yangi bosh rejaga muvofiq shaharda ikkita maʻmuriy markaz tashkil qilinadi.

Birinchi maʻmuriy markaz — shaharning bugungi kundagi maʻmuriy markazi hisoblanib, Islom Karimov, Amir Temur va M.Jumanazarov koʻchalari kesishmalari hisoblanadi. Ushbu markaz saqlab qolinadi.

Mashhur yangiliklar