Noyabr oyi uchun “palov indeksi” eʻlon qilindi
O‘zbekistonda noyabrda eng qimmat va eng arzon palov qayerda tayyorlangani ma’lum qilindi.
O‘zbekiston Statistika agentligi 2024-yilning noyabr oyi uchun “palov indeksi”ni e’lon qildi.
Ma’lum qilinishicha, osh markazlarida eng qimmat palov Toshkent shahrida sotilgan bo‘lib, bir portsiyasi 34 500 so‘m bo‘lgan. Eng arzon osh esa Namangan viloyatida — bir portsiyasi 22 200 so‘mdan sotilgan.
Qolgan hududlardagi osh markazlarida sotilayotgan bir portsiya palovning o‘rtacha narxlari quyidagicha bo‘lgan:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 25 700 so‘m;
- Andijon viloyati – 30 200 so‘m;
- Buxoro viloyati – 33 700 so‘m;
- Jizzax viloyati –28 800 so‘m;
- Qashqadaryo viloyati – 30 700 so‘m;
- Navoiy viloyati – 26 800 so‘m;
- Samarqand viloyati – 30 500 so‘m;
- Surxondaryo viloyati – 28 600 so‘m;
- Sirdaryo viloyati – 25 700 so‘m;
- Toshkent viloyati – 27 300 so‘m;
- Farg‘ona viloyati – 26 600 so‘m;
- Xorazm viloyati – 30 000 so‘m.
Narxlarni ro‘yxatga oluvchi tomonidan kuzatuv o‘tkazilgan kun va vaqtdagi narx-navo qayd etilib, bunda vaqt va joyiga qarab narxlar o‘zgarib turadi. Mazkur ma’lumotlarning shakllanishi jarayonida faqatgina tanlab olingan umumiy ovqatlanish muassasalari (osh markazlari)dagi palovning o‘rtacha narxlari hisobga olingan bo‘lib, restoran va choyxonalardagi narxlar inobatga olinmagan.
Palov narxlarini ro‘yxatga olish uchun umumiy ovqatlanish muassasalari tanlovi har yili yanvar oyi yangilanadi. Narxlar o‘zgarishini obyektiv baholash maqsadida yangi kuzatilgan obyektning o‘tgan davr uchun narx darajasi ham qayd etiladi.
Мавзуга оид хабарлар:
O‘zbekistondagi OTMda ko‘proq qaysi davlat fuqarolari o‘qiyotgani aytildi O‘zbekistonda ajrashish holatlari asosan necha yoshda ko‘proq kuzatilayotgani aytildi O‘zbekistonda aholi asosan qaysi kasalliklardan vafot etayotgani ochiqlandi O‘zbekiston aholisi kuniga 2 ming kishiga oshmoqda O‘zbekistonda eng zich aholi qaysi viloyatda yashashi ma’lum qilindi