18 Sentabr 2024, 12:35 •Oʻzbekiston
Navoiyda yangi tug‘ilgan chaqalog‘ini sotmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi
Navbahor tumanida yangi tug‘ilgan chaqalog‘ini 10 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan ayol dalillar bilan qo‘lga olindi.
Navoiy viloyati Navbahor tumanida ayol yangi tug‘ilgan chaqalog‘ini 10 million so‘mga sotmoqchi bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Navbahor tumanida yashovchi K.R. hali chillasi chiqmagan chaqalog‘ini 10 million so‘mga baholagan. Holat DXX viloyat boshqarmasi hamda tuman IIB xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida aniqlangan.
K.R. chaqalog‘ini qo‘shni mahalladagi Z.S.ga 10 million so‘mga sotayotgan paytda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi. Ayolga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Namangandagi omborxonadan 800 mln so‘mlik noqonuniy dorilar topildi Xorazmda 2,9 mlrd so‘mlik noqonuniy dori vositalari aniqlandi Qashqadaryo hamda Jizzaxda ekologiya va qurilish mutaxassislari pora bilan ushlandi Navoiyda alkogol va tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi Toshkent va Jizzaxda hokim yordamchilari pora bilan ushlandi
Soʻnggi yangiliklar
Soxta havola orqali o‘zganing pullarini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi
19 Sentabr 2024, 18:05O‘zbekiston elchisi Fransiya prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi
19 Sentabr 2024, 17:31Samarqanddagi qabristondan qadimiy daxma hamda qabrtosh topildi
19 Sentabr 2024, 16:55O‘zbekiston Isroilning harbiy harakatlariga qarshi ovoz berdi
19 Sentabr 2024, 16:20Misr elchisi O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlamoqda
19 Sentabr 2024, 15:41Boysundagi avariya qurbonlarining oilalarini pudratchi tashkilot qaramog‘iga oladi
19 Sentabr 2024, 15:08Buxorodagi “Muruvvat” uyida 20 ga yaqin daraxt kesib tashlandi
19 Sentabr 2024, 14:35Toshkentdagi xonadonlardan birida yongʻin chiqdi
19 Sentabr 2024, 13:54