O‘zbekiston

Navoiyda ko‘l atrofida bog‘ barpo etiladi

“Yashil makon” loyihasi doirasida 200 mingdan ortiq daraxt ekish rejalashtirilgan.

Navoiyda ko‘l atrofida plyaj zonasiga ega park qurish rejalashtirilmoqda, deyiladi prezident yig‘ilishida.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mutasaddilar davlatimiz rahbariga yangi bog‘ barpo etish loyihasini taqdim etgan. Xususan, hududda savdo nuqtalari, attraksionlar, piknik zonalari, favvoralar, plyaj hududlari, akvapark va boshqa obyektlar qurilishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida bog‘ hududida 200 mingdan ortiq daraxt ekish rejalashtirilgan. Bu mintaqada turizmni rivojlantirish va xizmat ko‘rsatishni kengaytirishga yordam berishi rejalashtirilgan.

Avvalroq O‘zbekistonda eko-sanoat parklarini tashkil etish loyihasi boshlanishi haqida xabar berilgandi. Loyiha UNIDO, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, O‘zbekiston Ekologiya vazirligi tomonidan Germaniya hukumati va GIZ ko‘magida amalga oshirilmoqda.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная