Navoiyda ayol oʻz turmush oʻrtogʻining qotiliga aylandi
U avvaliga 20 dona “Enam” dorisini qatiqqa aralashtirib, turmush oʻrtogʻiga ichirgan. Soʻngra hushsiz holatga kelgan erining bosh qismiga yogʻoch boʻlagi bilan urib, uni oʻldirgan.
Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida yashovchi ayol oʻz turmush oʻrtogʻining qotiliga aylandi. U yashagan mahallada tuman masʼullari ishtirokida jinoyat sabablari muhokama qilindi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, jinoyat joriy yil 21-iyun kuni tumanning Bogʻchakalon mahallasida sodir etilgan. Unga oilaviy kelishmovchilik sabab boʻlgan. Marhum Q.Q. 2023-yilning sentyabr oyidan X.Q. bilan shaʼriy nikoh asosida tumanning Bogʻchakalon mahallasida yashab kelgan. 2024-yilning aprel oyidan erkakning qizi ham turmushidan ajrashib, ular bilan yashay boshlagan.
X.Q. joriy yilning 21-iyun kuni soat taxminan 22:00larda turmush oʻrtogʻining oʻziga nisbatan doimiy ravishdagi tazyiqi va kamsitishlaridan qutulish maqsadida uni oʻldirishni rejalashtirgan. Tuzilgan rejaga asosan dorixonadan 20 dona “Enam” dori vositasini olib kelgan. Soʻngra uni qatiqqa qoʻshib, eriga ichirgan.
Q.Q. dori taʼsirida holsizlanib, koʻngli aynigan hamda hushsiz holatga kelgan. Bundan foydalangan ayol yogʻoch boʻlagi bilan uning bosh qismiga bir necha marotaba urib, tan jarohati yetkazgan. Oqibatda Q.Q. voqea joyida vafot etgan.
Jinoyat sodir etilgan mahallada viloyat IIB boshligʻi A.Tasbayev, tuman hokimi U.Adizov, viloyat prokurorining oʻrinbosari R.Rahmatov, tuman sektor rahbarlari ishtirokida muhokama qilingan. Muhokamada jinoyatning kelib chiqish sabablari tahlil etilgan. Shuningdek, kelgusida ogʻir va oʻta ogʻir turdagi jinoyatlarning oldini olish maqsadida profilaktik tadbirlarni yanada kuchaytirish yuzasidan masʼullarga tegishli koʻrsatmalar berilgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Farg‘onada tanishini o‘ldirib, uyini yoqib yuborgan ayol qamaldi Sirdaryoda sobiq IIB xodimi umrbodga qamaldi Rossiyada o‘zbekistonlik erkak tanishini o‘ldirib, jasadini bo‘lakladi Toshkentda tanishining jinsiy a’zosini kesib tashlaganlarga sud hukmi o‘qildi Qashqadaryoda ayol erini o‘ldirib, quduqqa tashladi