Namangandagi YTHda 21 yoshli yigit vafot etdi
Kosonsoy tumanida mashina yukxonasida o‘tirib harakatlangan 21 yoshli yigit vafot etdi.
Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida mashina yukxonasida o‘tirib harakatlangan 21 yoshli yigit vafot etdi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.
Voqea 2-oktyabr kuni soat 16:00 larda tumanning Bog‘ibaland ko‘chasidagi ichki yo‘llardan birida sodir bo‘lgan. 21 yoshli yigit “VAZ-210” avtomashinasi yukxonasi ustiga do‘stini o‘tqazib olib, turli manyovrlar qilib harakatlangan.
Yukxonadagi yigit (2013-yilda tug‘ilgan) yerga yiqilib, turli tan jarohatlari olgan. U shifoxonaga yotqizilib, tibbiy muolajalar ko‘rsatilganiga qaramay, 12-oktyabr kuni vafot etgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odam o‘limiga sabab bo‘lishi) bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Namanganda 4 kishini Buyuk Britaniyaga noqonuniy jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi Moskvadan Namanganga uchayotgan samolyot Toshkentga yo‘naltirildi Namanganda 2,1 mlrd soʻmlik elektrdan noqonuniy foydalangan sex fosh etildi Namanganda ham oilaning 3 aʼzosi is gazidan zaharlanib vafot etdi Namanganda 246 mln soʻmlik tamaki mahsulotlari savdosiga chek qoʻyildi