Namangandagi MChJ qariyb 192 mln so‘mlik “svet”dan noqonuniy foydalangani aniqlandi
Mazkur holat yuzasidan jamiyat rahbariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan.
Yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq holatlarni fosh etishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom etmoqda. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Namangan viloyati Mingbuloq tumanidagi “U.S.G.S” MChJ rahbari B.O. va boshqalar jamiyatga qarashli umumiy ovqatlanish shoxobchasidagi elektr tarmog‘iga hisoblagichdan tashqari o‘zboshimchalik bilan ulanib olgan.
Oqibatda “svet”dan tijorat maqsadida noqonuniy foydalanib, 191,9 mln so‘mlik 71,1 ming kVt/soat elektr energiyasi o‘g‘irlangan.
Mazkur holat yuzasidan jamiyat rahbari B.O. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘irlik) 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi shaxslar protsessual tartibda ushlangan.
Мавзуга оид хабарлар:
Namanganda 4 kishini Buyuk Britaniyaga noqonuniy jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi Moskvadan Namanganga uchayotgan samolyot Toshkentga yo‘naltirildi Namanganda 2,1 mlrd soʻmlik elektrdan noqonuniy foydalangan sex fosh etildi Andijonda giyohvandlik moddasini sotayotgan va saqlayotgan shaxslar ushlandi Sirdaryoda MChJ 5,25 mlrd soʻmlik gaz oʻgʻirlagani aniqlandi