19 Oktabr 2024, 14:43 Oʻzbekiston

Namanganda savdo do‘koni yonib ketdi

Chortoq tumanida joylashgan savdo do‘koni ichidagi tovarlar bilan yonib ketdi.

Namanganda savdo do‘koni yonib ketdi

Namangan viloyati Chortoq tumanida savdo do‘koni va undagi tovarlar yonib ketgan. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, hodisa bugun 2024 yil 19 oktyabr kuni tongda sodir bo‘lgan. Soat 04:50 da FVBga Chortoq tuman “Dildosh” MFYda joylashgan savdo do‘konlarining birida yong‘in sodir bo‘lgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, yong‘in qutqaruv ekipajlari soat 04:56 da voqea joyiga yetib borib, soat 06:10 da yong‘in to‘liq bartaraf etilgan.

Yong‘in oqibatida do‘konning shift va tom qismidan 210 metr kvadrat joyi hamda moddiy-tovarlari yonib zararlangan.

Hodisada hech kim tan jarohati olmagan va halok bo‘lmagan. Hozirda yong‘in sabablari va aybdor aniqlanmoqda.

Mashhur yangiliklar