30 Avgust 2024, 12:40 Oʻzbekiston

Namanganda qasddan odam o‘ldirib, yashirinib yurgan erkak qidirilmoqda

1964-yilda To‘raqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan shaxs Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan.

Namanganda qasddan odam o‘ldirib, yashirinib yurgan erkak qidirilmoqda

Namangan viloyatida qasddan odam o‘ldirib, ichki ishlar xodimlaridan yashirinib yurgan erkak qidirilmoqda. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Shermat Jo‘rayev 1964-yilda Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. U Jinoyat kodeksining 97-modda, 2-qismida (aybdorga ayon bo‘lgan ojiz ahvoldagi shaxsni qasddan o‘ldirish) ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, huquqni muhofaza qiluvchi idoralardan yashirinib yurgani uchun qidirilmoqda.

Ushbu shaxs haqida biron-bir ma’lumotga ega fuqarolardan zudlik bilan 102 yoki 71-231-34-33, 97-273-11-01 telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilish so‘raldi. Ma’lumot bergan fuqaroning shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

Mashhur yangiliklar