Namanganda o‘zganing nomiga 40 mln so‘m kredit rasmiylashtirgan shaxs ushlandi
Namangan viloyatida o‘zganing nomiga 40 mln so‘m kredit rasmiylashtirib, pullarni o‘zlashtirgan shaxs qo‘lga olindi.
Namangan viloyatida yashovchi 22 yoshli B.A. hamda 21 yoshli ayol Z.M. ichki ishlar organiga murojaat qilib, ularning nomiga nomaʼlum sabablarga ko‘ra onlayn kredit olinib, pullar o‘zlashtirilganini maʼlum qilgan. Bu haqda Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.
Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur jinoyatni Namangan viloyatida yashovchi ayol E.Z. sodir etgani aniqlangan.
Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan E.Z., jabrlanuvchilar B.A. hamda Z.M.ga o‘zini bank operatori deb tanishtirgan va onlayn mikroqarz olib berishini aytib, ularning nomidan mobil ilova orqali ro‘yxatdan o‘tib, 20 milliondan jami 40 million so‘m onlayn kredit rasmiylashtirgan.
So‘ng “Sizlarga kredit berishmadi” deb aldab, o‘sha vaqtning o‘zida pullarni o‘zining bank kartasiga o‘tkazib olgan.
Mazkur holat yuzasidan E.Z.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Мавзуга оид хабарлар:
Namanganda 4 kishini Buyuk Britaniyaga noqonuniy jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi Moskvadan Namanganga uchayotgan samolyot Toshkentga yo‘naltirildi Namanganda 2,1 mlrd soʻmlik elektrdan noqonuniy foydalangan sex fosh etildi Andijonda giyohvandlik moddasini sotayotgan va saqlayotgan shaxslar ushlandi Sirdaryoda MChJ 5,25 mlrd soʻmlik gaz oʻgʻirlagani aniqlandi