Namanganda oʻzganing behayo rasmlarini tarqatishini aytib pul talab qilgan shaxs ushlandi
Namangan viloyatida o‘zganing behayo rasmlarini internetda tarqatishini aytib pul talab qilgan shaxs qo‘lga olindi.
Namangan viloyatida oʻzganing fotosuratlarini internetda tarqatishini aytib fuqarodan pul talab qilgan shaxs ushlangan. Bu haqda IIV Kiberxavfsizlik markazi xabar bermoqda.
Maʼlum qilinishicha, Andijon viloyatida yashovchi J.D. IIBga murojaat qilib, oʻzining boshqalarga koʻrsatib boʻlmaydigan rasmlarini Telegramʼda tarqatib yubormaslik evaziga nomaʼlum shaxs 17 mln soʻm talab qilayotganini maʼlum qilgan.
Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik boʻlinmalari xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Namangan viloyatida yashovchi R.O. sodir etgani aniqlangan.
Gumonlanuvchi R.O., jabrlanuvchi J.D. tomonidan avval foydalanilgan va hozirda Telegram messenjeri faol boʻlgan telefon raqamini sotib olgan.
Soʻng jabrlanuvchining Telegram akkauntiga yashirin tarzda ikkinchi foydalanuvchi sifatida ulanib, 17 mln soʻm bermasa akkauntdagi rasmlarini tarqatib yuborish bilan qoʻrqitgan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan R.O.ga nisbatan Jinoyat kodeksning 165-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Namanganda 4 kishini Buyuk Britaniyaga noqonuniy jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi Moskvadan Namanganga uchayotgan samolyot Toshkentga yo‘naltirildi Namanganda 2,1 mlrd soʻmlik elektrdan noqonuniy foydalangan sex fosh etildi Andijonda giyohvandlik moddasini sotayotgan va saqlayotgan shaxslar ushlandi Sirdaryoda MChJ 5,25 mlrd soʻmlik gaz oʻgʻirlagani aniqlandi